Dortmundning «Borussiya» jamoasi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vattske jamoaning sobiq ustozi, ayni vaqtda «Liverpul»da ishlayotgan Yurgen Klopp haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Liverpul»da pul ko‘p va ularda yangi futbolchilarni transfer qilish bo‘yicha muammo bo‘lmaydi. Yurgenga vaqt kerak. U jamoaga jangovar ruh olib keldi. Jamoani maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirish - bu Kloppning o‘ziga xos jihati. Unga o‘z uslubini jamoaga singdirish uchun vaqt talab etiladi. Unga 2 yoki 3 yil yetarli bo‘ladi deb o‘ylayman. Keyingi qadam «Liverpul»ning YeChLga qaytishi bo‘ladi. Bu esa oson vazifa emas.
Kloppga o‘z uslubini muvaffaqiyatli qo‘llash uchun, himoyaviy uslubda harakat qiladigan jamoalarga qarshi o‘ynashni o‘rganish uchun vaqt kerak. Bunga 3 oyda erishib bo‘lmaydi. Yurgen «Borussiya»ga kelgach ikkinchi mavsumda qatorasiga 8 o‘yinni g‘alabasiz o‘tkazgandi, ammo biz u bilan yangi shartnoma tuzgandik.
«Liverpul»da ham Kloppga ishonch bildirishmoqda, asosiysi rahbariyat ishonchidir. Shunday ekan unda albatta vaqt bo‘ladi. Yurgen – fantastik murabbiy. Agar jamoa xo‘jayinlari unga ishonishda davom etishsa, bu jamoa muvaffaqiyatga erishadi. Klopp Garri Potter emas, u Merlin ham emas. Yurgen – murabbiy, chin dildan ishlaydigan murabbiy», – deydi u.