Beeline aloqa operatori Surxondaryo viloyati hududidagi 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Denov va Sherobod tumanlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi va natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 10dan ziyod 3G baza stansiyalari ishga tushirilgandi. Bu esa hudud aholisi yuqori tezlikdagi mobil Internet va sifatli aloqa imtiyozlaridan foydalana olishlariga imkon beradi.