Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi OnePlus kompaniyasi “Kartali uycha” serialining to‘rtinchi mavsumida “ko‘rinish” berish uchun 300 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarfladi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Gap OnePlus One, OnePlus 2 va OnePlus X smartfonlari haqida ketmoqda. Bu firma uchun birinchi marta sodir bo‘layotgan hodisadir, chunki shu paytgacha u biror-bir mahsuloti reklamasiga yoki marketing yo‘nalishiga buncha ko‘p pul sarflamagan edi.
Shu bilan birga firma taklif qilingan yangi tizimga muvofiq ishlovchi smartfonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Foydalanuvchilar navbatga turib, qurilmani ishlatib ko‘rishga shoshilishdi. Bunday usul ancha samarali bo‘ldi.