Pentagonda AQSh hududida dronlardan noharbiy maqsadlarda foydalanilgani tan olindi

Jahon 22:07 / 09.03.2016 2177

AQSh mudofaa vazirligining hisobotiga ko‘ra, oxirgi o‘n yilda Pentagon harbiy dronlarni noharbiy maqsadlarda AQSh hududini kuzatish uchun jo‘natgan, deb xabar bermoqda USA Today nashri.

Hujjatdagi ma'lumotlarga ko‘ra, dronlar 2006 yildan 2015 yilgacha 20 martadan kamroq uchirilgan va har doim amaldagi qonunchilikka ko‘ra o‘tkazilgan.

Shu bilan birga hisobotda mamlakat hududida qandaydir razvedka missiyalari o‘tkazilgani haqida biror-bir ma'lumot keltirilmagan. Pentagonda harbiy dronlarning AQShda ishlatilishi bilan bog‘liq vaziyatni "juda jiddiy" qabul qilishlari ta'kidlangan.

AQSh fuqarolik erkinliklarini himoya qilish ittifoqi xodimi Jyey Stenlining fikricha, yaxshiyamki bunda qonun buzilishlari aniqlanmagan. Biroq uning aytishicha, ayni vaqtda texnologiyalar shunchalik tez rivojlanmoqdaki, qonunlarni yaqinda qayta ko‘rish chiqish kerak bo‘ladi.

"Muhimi AQSh aholisi buni juda qaltis mavzu deb hisoblaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Stenli.

Avvalroq kichik o‘lchamdagi dron Nyu-Yorkdagi Empayr-steyt-bilding binosining 40-qavatiga kelib urilgan ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: