Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova 7 martda o‘tkazgan maxsus matbuot-anjumanida u topshirgan doping-tahlil uning qonida taqiqlangan modda borligini ko‘rsatganini ma'lum qildi. Bu haqda unga Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) ma'lum qilgan.
Sharapovaning doping-tahlilida 2016 yil 1 yanvardan taqiqlangan meldoniy moddasi aniqlangan.
"Kelganingiz uchun rahmat. Sizlarga men bir necha kun avval ITF’dan ijobiy doping-tahlil haqida ogohlantirish olganimni aytmoqchiman. Men uni o‘qib chiqmadim", deb aytdi Sharapova matbuot-anjumanida.
Sharapova 26 yanvarda Australian Open musobaqasi chorakfinalida Serena Uilyamsga yutqazgandan beri tennis kortiga chiqmagan.
Meldoniy moddasi metabolik vosita bo‘lib, avval kilorod yetishmasligi yoki ishemiyaga uchragan hujayralar energetik metabolizmining normallashishi uchun javob beradi.
O‘tkazilgan bir qator tadqiqotlarga ko‘ra, bu modda miokard shikastlangan vaqtda o‘lik hujayralar zonasi kengayishini sekinlashtiradi, ishemiya o‘chog‘ida kon aylanishini yaxshilaydi, stenokardiya xurujlari chastotasini kamaytiradi, hujaylarlarni shikastlanishdan himoya qiladi.