2017 yilda Xitoy hukumati biznesga soliq yuklamasini 500 mlrd yuanga (76,6 mlrd dollar) kamaytirmoqchi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Bu haqda Xitoy moliya vaziri Lou Tszivey ma'lum qildi.
"Bu raqam mahalliy ma'muriyatlarning siyosati va mahalliy ma'muriyatlardagi moliyaviy qiyinchiliklar hamda ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar soni hisobga olingan holda o‘zgartirilishi mumkin", deb aytdi Tszivey.
Tsziveyning aytishicha, 2016 yilda korxonalar va xususiy tadbirkorlarga soliq yuklamasi qo‘shilgan qiymatga soliq bilan almashtirilishi evaziga qisqartirilishi lozim. Bundan tashqari, ma'muriy pul yig‘imlari sekin-asta bekor qilinadi.