Venger bir jamoada uzoq vaqt davomida ishlayotgan birinchi raqamli murabbiyga aylandi

Sport 12:46 / 07.03.2016 4326

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Yevropada bir jamoani eng uzoq vaqt (19 yil) davomida boshqarib turgan birinchi raqamli murabbiyga aylandi.

66-yoshli bu fransiyalik mutaxassis shu vaqtgacha 29,5 yillik ko‘rsatkich bilan peshqadam bo‘lib turgan «Portadaun» (Shimoliy Irlandiya) bosh murabbiyi Ronni Makfoll iste'foga chiqqach, uning o‘rniga birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Makfoll «Portadaun»ni 1986 yilning dekabridan buyon boshqarib kelayotgandi. U Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted» boshqaruviga kelishidan 6 hafta o‘tib irlandlar jamoasida ish boshlagandi. Fergyuson esa 2013 yilning mayida ishdan ketgach, bir jamoada uzoq vaqt davomida ishlash bo‘yicha yetakchilikni Makfollga topshirgandi.

Ma'lumot uchun, Arsen Venger 1996 yilda Yaponiyaning «Nagoya Grampus Eyt» jamoasidan «Arsenal»ga kelgandi.

U o‘tgan vaqt ichida jamoa bilan 1545ta o‘yin o‘tkazgan va 837tasida g‘alaba qilib, 369 marta mag‘lub bo‘lgan. Yana 339 uchrashuvda durang qayd etilgan. Kanonirlar uning boshqaruvi davrida uzluksiz ravishda YeChL ishtirokchisi bo‘lib keladi. Venger jamoa bilan 3 marta Angliya chempioni bo‘lgan (1997-98, 2001-02, 2003-04). Shuningdek, 6 marta Angliya Kubogi va 6 marta Angliya Superkubogi qo‘lga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: