Ukrainaning Moskvadagi elchixonasi oldida 100 dan ko‘proq norozilar to‘plandi. Ular elchixonaga tuxum va pomidorlar uloqtirishgan. Bu aksiya Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumga javoban o‘tkazildi.
Namoyishchilar Rossiya elchixonasiga uyushtirilgan hujumga qarshi norozilik bildirmoqdalar. Ular "Bizning diplomatlardan qo‘lingni tort", deb hayqirmoqdalar. Ularning qo‘llarida "Kiyev xuntasi ta'zirini yeydi", "Ukraina sen kasalsan. Aqlingni yig‘, nima qilmoqdasan" degan plakatlar bo‘lgan.
TASS axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, elchixona oldida 150 ga yaqin odam to‘planib, "Fashizmga yo‘l qo‘ymaymiz" degan shiorni hayqirganlar.
Kiyevda 6 martga o‘tar kechasi va 6 mart kunduzi Rossiya elchixonasi oldida namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Kechasi namoyishchilar elchixona binosiga pirotexnik vositalar va fayyerlar uloqtirgan hamda elchixona oldidagi avtomobillarga zarar yetkazgan.
Kiyevdagi Rossiya elchixonasiga namoyishchilar tomonidan tuxumlar uloqtirildi