Tojikiston chegarachilari qurollangan guruhning uch nafar jangarisini qo‘lga oldi. Bu haqda Tojkiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, 5 mart kuni tongid chegarani buzgan qurolli guruhni yo‘q qilish operatsiyasi davom etmoqda. Jangarilardan Fasxiddin Qurbon isimli bir kishi yo‘q qilingan, yana bir jangari jarohatlangan holda qo‘lga olingan.
"Chegara qo‘shinlari 7 mart kunidan boshlab Panj daryosi bo‘ylab joylashgan orolchalarda “tozalash” ishlari olib bormoqda", — deb qo‘shimcha qilgan u.
Afg‘oniston hukumati xabariga ko‘ra 9 kishidan iborat ushbu qurolli guruh "Tolibon" harakati ta'sirida bo‘lib, guruh rahbari — Arbob ismli sobiq kontrabandachi bo‘lgan.