Hillari Klinton: AQShda qurol bilan maqtanadigan kishilar madaniyati shakllangan

Jahon 10:32 / 07.03.2016 2945

AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyasidan nomzod, mamlakatning sobiq birinchi xonimi hamda sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning fikricha, mamlakatda qurol ko‘tarib yurish bilan maqtanadigan kishilar madaniyati shakllanib qolgan. U bu fikrlarini Michigan shtatining Flint shahrida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tgan.

"Hozirda AQShda odamlar qurol ko‘tarib yurishdan faxrlanadigan madaniyat shakllanib ulgurdi. Biz zudlik bilan bu masalani jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishimiz kerak. Har kuni bizning mamlakatimizda o‘tochar qurollar tufayli o‘rtacha 90 kishi halok bo‘lmoqda", deydi Klinton xonim.

Siyosatchi qurol savdosi bo‘yicha har qanday harakatlarni cheklashga chaqirgan.

U shuningdek, qurol ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning huquqlari haqida gapirgan partiya ichidagi raqibi Berni Sandersga qarshi chiqqan.

Qayd etish kerakki, AQShda o‘t ochar qurollar bilan bog‘liq hodisalar ortib bormoqda. Rim papasi Frantsisk o‘tgan yilning sentabrida AQShga tashrif buyurganida Kongress orqali murojaat qilib, qurol savdosiga chek qo‘yishga chaqirgandi.

Shuningdek, AQShning hozirgi prezidenti Barak Obama qurol savdosida qator cheklovlar o‘rnatish taklifi bilan chiqqan.

AQShda respublikachilar hamda Milliy merganlar assotsiatsiyasi bunday cheklovlarga qarshi turadi.

Obama yaqin vaqtlar ichida qonunchilikka qurol savdosini cheklash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilishidan umidi yo‘qligini tan olgan.

Ko‘proq yangiliklar: