Anqara: Turkiya migratsiya inqirozini hal qilishda Yevropa Ittifoqiga yordamini kuchaytiradi

Jahon 20:46 / 07.03.2016 3079

Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilariga Anqaraning Yevropada migratsion inqirozni hal qilishning yangi takliflarini taqdim qiladi, deb xabar bermoqda Dovudo‘g‘lu vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

"Biz bugun bu muammoga qarshi kurashish va uni hal qilishning yangi g‘oyasini taqdim qilamiz. Bu taklif bir necha elementlarni o‘z ichiga oladi", deb aytdi Dovudo‘g‘lu vakili va batafsil ma'lumotlarni berishni istamadi.

Bugun, 7 martda Bryusselda Yevropadagi migratsion inqiroz bo‘yicha Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: