Suriyada qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish Rossiya markazi boshlig‘i Sergey Kuralenkoning ma'lum qilishicha, Suriyadagi "Jibhad an-Nusra" jangarilari 6 martda bir necha bor Turkiyaning Metishli aholi punktini minomyotlardan o‘qqa tutgan. Jangarilar shu tariqa turk harbiylari tomonidan javob o‘t ochishni va Suriya hududiga qo‘shinlarning olib kirilishini keltirib chiqarmoqchi bo‘lgan.
Kuralenkoning ta'kidlashicha, bu yarashuv jarayonining muqarrar barbod bo‘lishiga olib keladi.
Kuralenkoning aytishicha, Turkiyaning Nusaybin aholi punktida IShIDning bir nechta qurollangan tuzilmalari joylashgan bo‘lib, terrorchilar Suriyadagi kurdlar yashaydigan Qamishli aholi punktiga hujum qilishni rejalashtirmoqda.