"Yandeks" kompaniyasi rahbariyati mahsulotlar agregatori "Yandeks.Market"ni alohida kompaniya sifatida ajratib chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, yangi kompaniyaning rahbari etib Pavel Alyoshin tayinlangan.
"Yandeks"ning 2015 yil natijalariga ko‘ra daromadi 59,8 mlrd rublni tashkil qilgan, bu 2014 yildagi daromaddan 18 foiz ko‘proq bo‘lgan. 20 mingga yaqin internet-do‘kon "Yandeks.Market"ning hamkori hisoblanadi, uning bir oydagi auditoriyasi 20 mln dan ko‘proq kishini tashkil qiladi.