Yaponiyada Meksikaning ikki fuqarosi katta miqdordagi metamfetamin giyohvand moddasini mamlakat hududiga olib kirmoqchi bo‘lgani uchun hibsga olindi. Jinoyatchilar giyohvand moddani sopoldan ishlangan yo‘lbars haykali ichida olib kirmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Tokio politsiya boshqarmasi ma'lum qildi.
Giyohvand moddalar Tokioning Narita aeroportida bojxona xodimlari Meksikadan kelgan samolyotdagi yukni tekshirayotganlarida aniqlangan. Bunday keyin politsiyachilar samolyotda kelgan shubhali quti ortidan kuzatishni boshlashgan. Bu yashik Tokio bilan qo‘shni bo‘lgan Tiba prefekturasidagi Isumi shahridagi ko‘ngilochar markazlardan biriga olib borilgan. Jinoyatchilar haykal ichidan giyohvand moddani olayotgan paytda hibsga olingan.
Uzunligi 2 metr, vazni 400 kg bo‘lgan yo‘lbars haykali ichida paketlarga qadoqlab chiqilgan 25 kg metamfetamin aniqlangan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bu partiyaning "qora bozorodagi narxi" 15 mln dollarga yaqinni tashkil qiladi.
Oxirgi yilda Yaponiya politsiyasi 422 kg metamfetamin moddasini musodara qilgan. Ulardan yarmiga yaqini Yaponiyaga Meksikadan olib kelingan.