Xitoyda pornografik materiallar tarqatgan 28 ming sayt yopildi

Jamiyat 19:51 / 04.03.2016 6306

Xitoy hukumati pornografik yoki axloqsiz audio va videomateriallar tarqatishda fosh qilingan 15 mln publikatsiyani o‘chirib tashladi va 28 mingta internet saytni yopib qo‘ydi. Bu haqda Xitoy pornografik va noqonuniy publikatsiyani nazorat qilish milliy xizmati matbuot bayonotida aytilgan.

"Pornografik va noqonuniy publikatsiyaga qarshi kurash butun 2016 yil davom etadi. Tekshiruvlarning bir qismi ta'lim muassasalari yaqinidagi do‘konlarda komiks ko‘rinishida pornografik mahsulotlarni sotishning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi", deyilmoqda hujjatda.

Milliy xizmat xodimlarining ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda onlay-o‘yinlar ko‘rinishida pornografiya tarqatilishi holatlari ko‘paygan. Jinoyatchilar axloqsiz kontentni joylashtirishda bulutli kontentlardan ko‘proq foydalana boshlamoqdalar, bu uzoqlashgan serverda istalgan formatdagi fayllarni, jumladan musiqa, fotosurat va filmlarni saqlashga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: