Ukraina Yaponiyadan 300 mln dollar miqdorida kredit oladi

Iqtisodiyot 18:06 / 04.03.2016 1824

Ukraina va Yaponiya iqtisodiy islohotlar o‘tkazish maqsadida Ukrainaga 300 mln dollarlik kredit ajratish kelishuvini ratifikatsiya qildi. Bu haqda Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko bergan ma'lumotga asoslanib, UNIAN xabar bermoqda.

«Bugun biz shuni ma'lum qilishdan xursandmizki, Ukraina va Yaponiya 300 mln dollarlik kredit ajratish shartnomasini ratifikatsiya qildi», — dedi u.

Shartnoma joriy yilning martidan kuchga kiradi, zayom esa Ukrainaga aprel oyida beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: