Turkiyaning janubi-sharqidagi Nusaybin shahrida sodir etilgan yana bir terakt 2 politsiyachining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda CNN Turk xabar tarqatgan.
Xabar qilinishicha, politsiyachilar istiqomat qiluvchi yotoqxona oldida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatilgan. Portlash ortidan binoga qarata granatamyotdan o‘q uzilgan. Politsiya bunga javobat o‘t ochgan. Bino jiddiy zararlangan, binoda yong‘in chiqqan.
Hukumat bu hujum "Kurdiston ishchilar partiyasi" tomonidan sodir etilganini iddao etmoqda.
Bundan oldinroq, 3 mart kuni ham Istanbul shahrida 2 ayol jangari politsiya mahkamasiga hujum uyushtirgan va bir politsiyachini jarohatlashgandi. Ular bartaraf etilgan.