Tojikistonlik fuqaro yo‘qolgan yarim million rublni egasiga qaytarib berdi

Jamiyat 16:25 / 04.03.2016 6167

Moskva viloyati hududidagi gipermarketlaridan birida ishlovchi tojikistonlik Sherzod Nasrulloyev oziq-ovqat aravachasining ichidan yarim million rubl topib oldi, lekin pullar u tomonidan o‘z egasiga qaytarib berilgan, deb xabar berdi Sputnik Tadjikistan.

Sherzod "Rossiya dlya vsex" muxbiriga bergan intervyusida, bo‘sh turgan aravacha oldiga kelganligini, lekin uning ichidan besh mingtalik pullar to‘la qora borsetkani topib olganligini aytgan.

“Bu aravacha qorong‘i, hech kim yo‘q joyda turgan ekan. Sumkani ochganimda, ichi to‘la qizil pullarni payqadim. Katta summa bo‘lsa kerak deb o‘yladim va ortiqcha hech narsani qidirmasdan, sumkani yashirib, yaqinda uni olib ketishgani keladi deb o‘yladim”, deb ta'kidladi Sherzod.

Sherzod “kimdir undan sumkani olib qochib ketadi” deb o‘ylab, uni kiyimining ichida berkitib olib yurganligini ham aytib o‘tgan.

Yarim soat o‘tib, sumkani olib ketish uchun oilaviy juftlik kirib kelgan, lekin Sherzod pullarni berishga shoshilmagan. Chunki ularni firibgar emasliklariga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lgan.

Ozgina savol-javob o‘tkazib, ular sumkaning egasiligiga amin bo‘lganidan so‘ng yo‘qolgan pullarni (520 ming rubl) qaytarib bergan. Evaziga esa sumka egalari Sherzodni moliyaviy mukofotlashgan.

Sherzod Nasrulloyev "Real" gipermarketida ikki yildan beri ishlaydi. Uning so‘zlariga qo‘ra, bunday yo‘qolgan narsalarni u bir necha bor qaytarib bergan.

Ko‘proq yangiliklar: