Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari o‘rtasida sportning bouling turi bo‘yicha institut miqyosida chempionati tashkil etildi. Unda 50 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi. Chempionat Toshkent shahrida joylashgan The Bowler klubida "Big Bear" savdo belgisi bilan xamkorlikda bo‘lib o‘tdi.
Jamoalar 4 ishtirokchidan iborat bo‘ldi. Umumjamoa hisobida "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik" fakulteti talabalaridan tashkil topgan jamoa 1110 ball bilan g‘olib bo‘ldi (Raimov Javlon, Valiyev Ziyovuddin, Baxtiyorov Shoxruz, Raximov Anvar).
O‘g‘il bolalar o‘rtasida 3-o‘rinni "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik" fakulteti 3-bosqich talabasi Raximov Anvar 154 ball bilan egalladi. 2-o‘rin "Sharq filologiyasi" fakulteti 1-bosqich talabasi Akbarov Muxammad Boburga 160 ball bilan nasib etdi. 1-o‘rinda esa "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik" fakulteti 3-bosqich talabasi Karimov Jasur 202 ball bilan g‘olib bo‘ldi.
Qiz bolalar o‘rtasida 3-o‘rinni "Sharq filologiyasi" fakulteti 1-bosqich talabasi Inogamova Guzalya 77 ball bilan egalladi; 2-o‘rin shu fakultetning 1-bosqich talabasi Sobirova Madinaga 89 ball bilan nasib etdi. 1-o‘rinni esa "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik" fakulteti 1-bosqich talabasi Zaynobiddinova Nozima 106 bilan qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar fahriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Nafosat Zafarova, TDShI talabasi