O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchilardan biri, ayni vaqtda Bahrayn chempionati vakili “Muharraq” klubida to‘p surayotgan Shohrux Gadoyev o‘z jamoasi bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Bahrayn Qirol kubogi yarim final o‘yinlari doirasida “Al Najma”ni qolidirib ketgan “Muharraq” jamoasi final uchrashuvida azaliy raqibi – “Al Riffa”ga qarshi bahs olib bordi. Bu o‘yin “Al Muharraq”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Manama shahri sharafini himoya qiluvchi mazkur jamoa endilikda 32-marta Bahrayn Qirol kubogi sohibiga aylandi.
Shohruh Gadoyev uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi va jamoasi muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘sha oldi.