Samarqandda markaziy yo‘llarni kengaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlar boshlandi

O‘zbekiston 15:18 / 04.03.2016 2635

Samarqand shahri yo‘l xizmati shahar ko‘chalarini kengaytirish ishlarini boshladi. Bu haqda «Samarkandskiy vestnik» xabar tarqatgan.

Samarqand shahrini obodonlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar doirasida ayni paytda ikkita markaziy avtomagistral uchastkasida faol ishlar olib borilmoqda.

«Samyo‘lloyiha» MChJ bosh mutaxassisi Bahrom Abdurahmonovning aytishicha, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining 600 metrli qismida kapital rekonstruksiya boshlangan. Bu yo‘l belgilangan barcha ishlar yakunlangach, bu bezakli panjara bilan ajratilgan olti polosali avtotrassaga aylanadi va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yanada yaxshilanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston ko‘chasini Universitet xiyoboni halqasi bilan bog‘lovchi ko‘chaning 250 mertlik qismida ham ishlar jadal olib borilmoqda. Bu yerda ikki tomonlama harakatga ega zamonaviy tezkor magistral paydo bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: