«Real» Allegriga 3 yillik shartnoma va yiliga 7 mln yevrodan iborat maosh taklif qilmoqchi

Sport 08:33 / 04.03.2016 2265

«Real» rahbariyati bosh murabbiylikka ayni vaqtda «Yuventus»da ishlayotgan Massimiliano Allegrini olib kelishni rejalashtirmoqda.

Football Italia nashrining La Gazzetta dello Sport gazetasiga asoslanib xabar berishicha, madridliklar klubi ushbu 48 yoshli mutaxassis bilan turinliklarning YeChL nimchorak finalida «Bavariya»ga qarshi o‘yinidan keyin muzokara boshlamoqchi.

«Real» Allegri uchun yiliga 7 million yevro to‘lashni nazarda tutadigan 3 yillik shartnoma tayyorlamoqda.

Qayd etish kerakki, kecha «Yuventus» Allegri bilan shartnomani uzaytirish va uning yillik maoshini 2 baravar oshirish (2,4 million yevrodan 4,7 million yevrogacha) rejasida ekani xabar qilingandi.

Bundan tashqari, «Real» Maurisio Pochettino («Tottenhem») va Yoaxim Lev (Germaniya terma jamoasi) nomzodlariga ham qiziqish bildirmoqda.

OAV: Peres Zidanning o‘rniga kimni olib kelishni hal qildi

Allegri «Yuventus» bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytiradi

Ko‘proq yangiliklar: