Rassom Van Gogning katta yoshdagi yagona fotosi topilgani aytilmoqda

Jamiyat 00:10 / 04.03.2016 5035

Italiyalik san'atshunos Antonio De Robertis rassom Vinsent Van Gogning katta yoshdagi yagona fotosuratini topishga muvaffaq bo‘lganini ta'kidlamoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Gap 19-asrning oxirida Parijdagi Jyulian akademiyasida olingan surat haqida ketmoqda. Fotoda 34 nafar erkakni, jumladan Polya Gogen va Eduar Vyuyarani ko‘rish mumkin. De Robertisning aytishicha, suratda ehtimol Van Gog ham bor bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda bu fotosurat Parijdagi san'atlar tarixi milliy institutiga tegishli.

Gazetaning ta'kidlashicha, avvalroq ham Van Gogning surati deb ehtimol qilingan suratlar topilgan, biroq Van Gog bo‘yicha yetakchi ekspertlardan biri hisoblanuvi De Robertis aynan u aytayotgan suratning eng ishonchliligini ta'kidlamoqda. Mutaxassisning ta'kidlashicha, hozirgacha Van Gogning faqatgina 13 va 19 yoshda tushgan suratlari ma'lum bo‘lgan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, 34 kishining surati ular bir-birlari bilan tanish bo‘lgan-bo‘lmagani, barchasi rassom bo‘lgan-bo‘lmagani hamda ularning barchasi nima uchun bitta suratda tushgani kabi ba'zi savollarni tug‘dirmoqda.

Vinsent Van Gog mashhur gollandiyalik rassom bo‘lib, 1853 yilda tug‘ilgan.

Ko‘proq yangiliklar: