Qirg‘izistonda ruli o‘ng tomonda joylashgan avtomobillardan tijorat maqsadlarida 2020 yilgacha foydalanishga ruxsat beriladi

Jahon 14:55 / 04.03.2016 1535

Qirg‘izistonda ruli o‘ng tomonda joylashgan avtomobillardan tijorat maqsadlarida 2020 yilgacha foydalanishga ruxsat berildi.

Qirg‘iziston parlamenti ruli o‘ng tomonda joylashgan avtomobillardan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun jarima kiritishni ortga surish haqida qonun loyihasini qabul qildi. Bu qaror parlamentning 3 martdagi yig‘ilishida ovoz berish orqali qabul qilindi, deb xabar bermoqda KirTAG agentligi.

Parlament tomonidan ma'qullangan "Avtomobil transporti haqida"gi qonun loyihasi prezidentga imzolash uchun yuborildi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yilning 1 yanvarigacha ruli o‘ng tomonda joylashgan avtomobillar egalari aholi punktlari ichida va Qirg‘izistonning shaharlaro magistrallarida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bu sana tugagandan keyin bunday mashinalardan foydalanish uchun jarima undirish qoidasi kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: