Qirg‘izistonda xitoylik fuqaro soliq to‘lamaganligi uchun qo‘lga olindi

Jamiyat 10:14 / 04.03.2016 2221

Qirg‘izistonda xitoylik fuqaro 336 million 573 ming som mahalliy soliqlarni to‘lashdan qochib, o‘z yurtiga o‘tkazib yuborgani uchun qo‘lga olindi.

Xitoylik fuqaro besh yil ichida (2008-2013 yillar) Qirg‘izistonda tadbirkorlik bilan ro‘yxatdan o‘tmasdan shug‘ullanib, soliqlarni to‘lamagan va mahalliy banklar orqali 336 million 573 ming somni XXRga o‘tkazib yuborgan.

Aniq tekshiruvlardan so‘ng, unga 50 million 971 ming 598 som soliq puli hisoblangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda xitoylik tadbirkorning joylashuvi aniqlangan va unga nisbatan Bashkekda qamoqda ushlab turish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ko‘proq yangiliklar: