Qashqai modeli avtopilotli ilk Nissan bo‘ladi

Fan-texnika 16:03 / 04.03.2016 1852

Nissan kompaniyasi keyingi yilda mutsaqil boshqaruvga ega bo‘lgan yangi seriyali Qashqai avtomobilini chiqarishni boshlaydi. Krossover Yevropaning mazkur texnik yangilikka ega bo‘lgan birinchi markasiga aylanadi. Bu haqda kompaniya vakili Jyeneva avtosaloni doirasida ma'lum qilib o‘tgan.

Qashqai haydovchiga yo‘lning faqatgina ma'lum bir qismida mustaqil boshqarish imkonini beradi. Nissan harakat davomida yo‘ldagi vaziyatdan avtomatik ravishda boxabar bo‘lib boradi va ehtimoliy to‘qnashuvlarning oldini oladi. Kompaniya 2020 yilgacha shahardagi tig‘iz harakatlar vaqtida mashinani mustaqil boshqaradigan Inner-city texnologiyasini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Aynan o‘sha yilga borib Renault-Nissan alyansi avtopilotli 10 dona avtomobil chiqarishni rejalashtirgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: