Putin Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlikni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi

Jahon 17:25 / 04.03.2016 3569

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomon fuqarolarining o‘z hududlarida bo‘lish tartibi bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qilish borasidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.

"Kelishuvdan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish hamda fuqarolarning bir mamlakatdan ikkinchisiga safar qilishini tartibga solishdan iborat", deyiladi xabarda.

Bu shartnoma bir tomonni o‘z hududiga kirgan ikkinchi tomon fuqarosini 30 kungacha ro‘yxatga o‘tkazish majburiyatidan ozod etadi.

Ko‘proq yangiliklar: