O‘zbekiston joriy yilda 2016-2020 yillarda umumta'lim maktablari uchun darsliklarning yangi avlodini ishlab chiqish va chop ettirish Dasturi loyihasini tayyorlashni rejalashtirmoqda.
Yangi darsliklarni yaratishda jahonning ilg‘or tajribalaridan foydalaniladi. Buning uchun hukumat to‘rt mamlakat – Germaniya, Singapur, Janubiy Koreya va Yaponiyadan mutaxassislarni taklif etadi. Qolaversa, ta'lim sohasining boshqa xalqaro ekspertlari ham jarayonga jalb etiladi. Bu haqda O‘zbekiston oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi vakili Sputnikka xabar bergan.
“Biz chet el mutaxassislari tajribalaridan nafaqat darsliklarni takomillashtirishda, balki, yangicha ta'lim standartlari, dasturlari va rejalarini shakllantirishda ham foydalanmoqchimiz. Yangilikni eng avval aniq va tabiiy fanlar ta'limotidan boshlaymiz”, - dedi vazirlik vakili.
Kiritilishi rejalashtirilayotgan yana bir yangilik – g‘arbda allaqachon qo‘llanayotgan kompleks yondoshuv – maxsus o‘quv daftarlari, multimediali ilovalar, audio- va videodarslar tayyorlanmoqda.
O‘qituvchilar uchun mutanosib o‘zgarishlar kutilmoqda.
Asosiy e'tibor boshlang‘ich sinflar darsliklariga qaratilib, ularda ko‘proq rasmlardan foydalaniladi. Loyihada ishtrok etadigan bolalar ruhshunoslari so‘zlardan ko‘ra ta'sirliroq rasmlar tanlashga ko‘maklashadilar.
2014-2015 o‘quv yilida O‘zbekistonda 605 nomdagi 34,5 million nusxa kitob chop etilib umumta'lim maktablariga yetkazilgan.
2015-2016 o‘quv yilida yana 26 milliondan ortiq kitob nusxalari uchun 54 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan.