Olmaota aeroportida Air Astana aviakompaniyasi xodimi bo‘lgan uchuvchi 1 paket marixuana moddasi bilan qo‘lgan olindi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar tarqatgan.
Aviakompaniyada bu ma'lumot tasdiqlangan va uchuvchi darhol ishdan bo‘shatilgani bildirilgan.
"Aviakompaniya xodimlarning alkogol yoki narkotik moddalar qabul qilishiga ruxsat bermaydi. Ekipaj a'zolari bu borada doimiy tekshiruvdan o‘tkazib boriladi", deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, bu uchuvchi Moskvadan Olmaotaga parvozni amalga oshirganidan keyin giyohvand modda bilan qo‘lga tushgan.