OAV: Maradona «Real»ni boshqarmoqchi

Sport 09:30 / 04.03.2016 3177

Argentinalik sobiq futbol yulduzi Diyego Maradona «Real»ni boshqarishni istamoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, u «Qirollik klubi»ni boshqarish orqali Lionel Messi boshchiligidagi «Barselona»ni ortda qoldirishni hamda Argentina futbolida birinchi raqamli shaxs ekanini isbotlamoqchi.

Agar «Real» Maradonani jamoa boshqaruviga olib kelsa, argentinalik mutaxassis «Barsa» hujumchisi Neymarni «qaymoqranglilar» safiga olib kelishga urinadi.

OAV hozirda «Real»ni boshqarayotgan Zidan kelasi mavsumda ham jamoa bosh murabbiyligi lavozimida qolishiga shubha bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona o‘z murabbiylik faoliyatida Argentinadagi «Mandiya» va «Rasing» (Avelyaneda) jamoalarida ishlagan, keyin Argentina milliy terma jamoasini 2010 yilgi jahon chempionatiga olib borgan. Uning oxirgi jamoasi BAAning «Al-Vasl» jamoasi bo‘lib turibdi.

Futbolchilik davrida, 1982 yildan 1984 yilgacha Maradona «Barselona» safida o‘ynagan.

Ko‘proq yangiliklar: