Nyu-Yorkda Roman Abramovichga 80 mln dollarlik binoni qurishga ruxsat berishmadi

Jamiyat 18:27 / 04.03.2016 4523

Nyu-York qurilish departamenti rossiyalik milliarder Roman Abramovichga unga tegishli bo‘lgan hamda loyiha qiymati 6 mln dollar deya baholangan uch binoni birlashtirishga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda New York Post nashri.

Ma'lum qilishlaricha, 2014 yilning oktabr oyida u Yuqori Ist-Sayd (Manxetten)dan narxi 78 mln dollar bo‘lgan uchta bino sotib olgan edi. Binolarni qayta qurish uchun shaharning yodgorliklarni muhofaza qilish komissiyasining (New York City Landmark Preservation Commission) maxsus ruxsatnomasi talab etiladi.

Loyiha arxitektori Stiven Vanning bildirishicha, hukumatning ushbu loyihani inkor etishi, uni amalga oshmasligini anglatmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: