Nyu-Yorkda eng qimmatbaho metro stansiyasi ochildi. Metroning 11 ta liniyasi va Nyu-Jyersi shtati temir yo‘l tarmog‘ini bog‘lovchi stansiya qurilishi shahar ma'muriyatiga deyarli 4 mlrd dollarga aylandi va 12 yil davomida qurildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Stantsiya 2001 yildagi teraktda vayron bo‘lgan Jahon savdo markazi minoralarining o‘rniga qurilayotgan binolar tagida qurilgan.
Stantsiya ustini po‘lat qovurg‘alar bilan yopishga qaror qilindi, ular qush qanotlarini eslatib yuboradi. Stantsiyadan har kuni 200 minggacha odam harakatlanishi taxmin qilinmoqda.