Navoiy viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari avtomashinani to‘xtatib tekshirganida, uning old o‘rindig‘i tagidan qora paketga o‘ralgan giyohvand moddasini topishgan. Ma'lum bo‘lishicha, avtomashinadagi og‘ufurush shaxslar nasha giyohvand moddasini navbatdagi mijozlariga olib ketayotgan bo‘lgan. Bu haqida “Postda” nashri xabar qildi.
Surishtiruv-tergov jarayonlarida Navoiy hamda Samarqand viloyatida yashovchi mazkur shaxslar giyohvandlikka ruju' qo‘ygani, bir necha bor mazkur moddalar savdosida ishtirok etishgani aniqlandi.