Moskvada enagalar xizmati tizimi tashkil etiladi

Jamiyat 17:33 / 04.03.2016 3532

Moskva hokimiyati enaga va bemorlarga qarovchilarning yagona xizmatini tashkil etishni taklif etmoqda.

Mehnat va shahar aholisini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti raisi Vladimir Petrosyanning shu mazmundagi murojaatini “Russkaya slujba novostey” ommaga yetkazdi.

“Shaharda maxsus tayyorgarliklardan o‘tgan, ruhan va jismonan sog‘lom enagalarning professional xizmati tashkil etilishi lozim. Shahardagi 44 ming ishsiz odamlar orasida enaga bo‘lib ishlashni xohlaydiganlarni topib, ularga ko‘maklashish kerak”, -dedi rais murojaatida.

Uning fikricha, yosh pensionerlarni ham bu sohaga jalb etish mumkin.
Rossiya pensionerlar Birlashmasida bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: