«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya primerasida «Rayo Valekano»ga qarshi o‘tkazilgan va 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda raqib darvozasiga uchta gol urdi.
Bu uning faoliyatidagi 35-xet-trikka aylandi. Endi Messi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir xil natija qayd etib turibdi.
Messi joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 22 o‘yinida 19ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan va 8ta golli uzatmani amalga oshirgan.