Angliyaning «Lester» klubi o‘tgan mavsumning 2015 yil 31 mayigacha bo‘lgan davri uchun moliyaviy hisobotlarini e'lon qildi.
Chempionshipdan APLga chiqqan klub mavsum yakunida barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda 26,4 million funtlik (klub rekordi) sof foyda ko‘rgan.
2014/15 yilgi mavsum jamoa tarixidagi eng daromadli mavsum bo‘ldi, undan 1 yil oldin esa jamoa 20,8 mln funtlik ziyon bilan chiqqandi.
Qayd etilishicha, APLga chiqish jamoaning o‘yinlarini tomosha qilish uchun keluvchilar sonini o‘rtacha 25 003 ko‘rsatkichidan o‘rtacha 31 693 ko‘rsatkichiga oshirgan, tushum esa uch karra oshib, 104,4 million funtga yetgan.
«Arsenal» 2015 yilning ikkinchi yarmidagi ziyoni 3,4 mln funtni tashkil etdi
«Liverpul»ning o‘tgan mavsumdagi operatsion sof foydasi 60 mln funtni tashkil qildi