Kanada oltin zaxirasini sotib tugatdi

Iqtisodiyot 17:13 / 04.03.2016 7773

Kanada hukumati mamlakat oltin zaxirasining deyarli barchasini sotib bitirdi.

Moliya vazirligining mart oyi avvali holatiga ko‘ra xabar berishicha, zaxirada 130 ming dollar hisobidagi 77 troy untsiyasi miqdorida oltin qolgan.

Oxirgi eng yirik oltin tangalar partiyasi – 22 ming untsiyani Kanada 2016 yilning fevral oyida 35 million dollarga sotib yuborgan.

Kanada o‘z oltin zaxirasini bir necha o‘n yillar davomida qisqartirib kelgan. Oxirgi yillar davomida Kanada rahbariyati oltin o‘rniga valyuta zaxiralari - AQSh dollari va Britaniya funt sterlingini oshirishga e'tibor berdi.

Kanada 1965 yilda maksimal oltin zaxirasiga ega bo‘lgan, o‘shanda zaxiraning umumiy qiymati 1,15 milliard dollarga baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: