Jon Kerrining Kubaga safari bekor qilindi

Jahon 09:37 / 04.03.2016 2587

AQSh Davlat kotibining Kubaga safari bekor qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, safar chog‘ida tomonlar inson huquqlariga amal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishlari kerak edi.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, safarning bekor qilinishiga AQSh va Kuba hukumatlari AQSh prezidenti Barak Obama Gavanada aynan qaysi dissidentlar bilan uchrashishi borasida uzoq muzokaralar o‘tkazganlari sabab bo‘lgan.

Kerri Kubaga o‘tgan yilning avgustida AQSh elchixonasi ochilishiga tashrif buyurgandi.

Ko‘proq yangiliklar: