Jyenevada kelajak avtomobillari namoyish etildi

Fan-texnika 11:34 / 04.03.2016 5428

Jyeneva Xalqaro avtosalonida ishlab chiqaruvchilar avtomobillarning yangi modellari seriyalari bilan bir qatorda bir necha kontsept-karlar ham namoyish etishdi.

Masalan, Skoda o‘zining ilk ulkan krassoveri – VisionSni ko‘z-ko‘z qildi. Volkswagen esa tez orada ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan egiluvchan tom qismi yig‘iladigan kelajakbop krossover-kabrioletini namoyish etdi.
Subaru yapon firmasi, yevropaliklardan ortda qolmay, motor-tomoshada mashhur XV modelining keyingi avlodi qanday ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Ma'lumot uchun: Kontsept-kar –yangicha uslub va ko‘rinishga ega, yangi texnologiyalar asosidagi namoyish uchun mo‘ljallangan kelajak avtomobillarining prototipi. Avtoshoularda tomoshabinlarning munosabatiga qarab ularning kelajagi hal etiladi. Ilk kontsept-karni General Motors dizayneri Xarli Erlu yaratgan.

Rinspeed Etos

Subaru XV Concept

Skoda VisionS

DS e-tense

Opel GT Concept

Volkswagen T-Cross Breeze

Toyota C-HR SUV

Italdesign Guigiaro GT Zero

Peugeot Fractal

nanoFlowcell AG's Quantino
Ko‘proq yangiliklar: