Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi Xitoyning Bank of China banki bilan tuzgan bitimi bir bankdan olingan mablag‘lar hajmi bo‘yicha kompaniya tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Xitoy banki Rossiya kompaniyasiga beradigan mablag‘ miqdori 2 mlrd yevroni tashkil qildi.
Shu munosabat bilan "Gazprom" va Bank of China vakillari Shanxayda 5 yillik muddatga 2 mlrd yevro berish haqida kelishuv imzolashdi.
Bank of China yirik xalqaro bank guruhi bo‘lib, uning faoliyati bank operatsiyalari, investitsion faoliyat, sug‘urtalash va lizing sohalarida xizmat ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bank aktivlarining umumiy qiymati 2,4 trln dollarni tashkil qiladi.