Yevropa davlatlari rahbarlari Putindan Suriya hukumatiga ta'sir o‘tkazishni so‘radi

Jahon 17:33 / 04.03.2016 7106

Fransiya, Britaniya, Germaniya va Italiya rahbarlari Putin bilan telefon muloqoti chog‘ida undan mavjud inqiroziy vaziyatni hal qilish maqsadida Suriya hukumatiga o‘z ta'sirini o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkelga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, telefon muloqoti chog‘ida tomonlar Suriyadagi yordamga muhtoj kishilarga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatish haqida gaplashishgan.

Bundan oldinroq, Fransiya prezidenti Fransua Olland telefon konferensiyasi davomida Suriyaning kelajagi bo‘yicha kelishuvga erishishgani haqida aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: