Amerikaning Energizer kompaniyasi qayta ishlangan AA va AAA o‘lchamli akkumulyatorlarini taqdim etdi. Kompaniya vakillarining qayd etishicha, quvvatlanuvchi bloklar hamda gibrid avtomobillaridagi akkumulyatorlarda ishlatilgan xomashyoning 4 foizigina ko‘rsatilgan yaroq muddatiga qadar ishlab bera olishi ma'lum bo‘lgan.
Mashhur ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, 4 foizlik quvvat bu hali boshlanishi: Energizer kompaniyasi kelajakda, aniqrog‘i, 2025 yilda 40 foiz ko‘rsatkichga ega qayta ishlangan akkumulyatorlarni taqdim etishni rejalashtirgan.