Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Sport 17:02 / 04.03.2016 3716

Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatida 392 dzyudochi 14 vazn toifasida bellashdi.

Erkaklar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik Sharofiddin Boltaboyev, samarqandlik Muhammadkarim Xurramov, buxorolik Erkin Doniyorov, poytaxtlik Shuhrat To‘raboyev, Abdujalil Yusupov, qashqadaryolik Muhriddin Tilovov, Toshkent viloyatidan Mirzohid Farmonov va xorazmlik Boltaboy Boltayev o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xotin-qizlar bahsida xorazmlik Muhayyo Ibrohimova, navoiylik Umida Saidova, samarqandlik Nodira Gulova, Diyora Keldiyorova, poytaxtlik Omongul Allanazarova va xorazmlik Kumush Roziqova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ko‘proq yangiliklar: