«Barselona» mag‘lubiyatsiz seriyani 35ta o‘yinga yetkazdi va «Real»ning rekordini yangiladi

Sport 08:58 / 04.03.2016 2582

Ispaniya chempionatining 27-turida «Barselona» safarda «Rayo Valekano»ni mag‘lubiyatga uchratdi (5:1).

Shu tariqa kataloniyaliklar mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 35taga yetkazib olishdi va jamoa bu borada «Real» tomonidan qayd etilgan rekordni yangiladi.

«Barselona» 35ta o‘yindan 29tasida g‘alaba qozongan va 6tasida durang o‘ynab, 107ta gol urgan. Bu o‘yinlar davomida o‘tkazib yuborilgan gollar soni 20taga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord «Real»ga tegishli bo‘lib, madridliklar 1988/89 yilgi mavsumda 34ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etishgandi.

Futbol tarixida eng uzoq davom etgan g‘alabali seriya Turinning «Yuventus» jamoasiga tegishli 43ta (2011-2012 yillar mavsumi. Keyingi o‘rinlarda esa «Notingem Forest» (40ta o‘yin, 1977-1978 yillar) va «Milan» (36ta o‘yin, 1990-1991) qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: