8 mart kuni diametri 30 metrni tashkil qiladigan, 2013 TX68 nomini olgan asteroid Yer sayyorasi yaqinidan uchib o‘tadi. Bu haqda Popmech.ru xabar bergan.
Hajmi kattaligiga qaramasdan ushbu osmon jismi Yerdagi hayot uchun xavf tug‘dirmasligi ta'kidlanmoqda.
Bu asteroid 2013 yilning kuzida aniqlangan, bu osmon jismi diametri o‘sha yilda (2013 yilning 15 fevralida) Rossiyaning Chelyabinsk shahri hududiga tushgan meteorit diametridan 10 metrga kattaroq.
U Yerga yaqinlashib, bor-yo‘g‘i 17 ming kilometr uzoqlikdan parvoz qilishi haqida aytilgan. Hozirda diametri 30 metr bo‘lgan mazkur samoviy obekt 14 million kilometr uzoqlikda.
NASA ma'lumotlariga ko‘ra esa obekt 8 mart kuni Yerdan 5 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tishi aytilgan. Obektni teleskoplar orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.
2013 TX68 asterodining Yerga keyingi yaqinlashuvi 2017 yilning 17 sentabrida sodir bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki yildan keyingi parvozning Yerga xavf solish ehtimoli 250 milliondan bir ulushga teng bo‘ladi. Uning portlashi tufayli Chelyabinskda yongan asteroiddan ko‘ra (uning diametri 20 metr bo‘lgan) ikki barobar ko‘proq energiya hosil bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Yer yaqinidan 2 martga o‘tar kechasi yirik hajmdagi asteroid uchib o‘tgan edi.