2 mart kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zining Moskvaga ishchi tashrifi davomida Rossiya federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida Putin Qirg‘iziston rahbarini iliq qarshi oldi va o‘zaro hamkorlikning rivojlantirilishi imkoniyatidan xursandligini bildirdi.
"Bizning munosabatlarimiz yo‘nalishi haqida yangi gap aytishga hojat ham yo‘q. Qirg‘iziston - bizning umidli hamkorimiz. Qirg‘iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lgach, hamkorlik darajasi yanada oshdi. O‘ylaymanki, bu nafaqat qog‘ozda, balki hayotda ham aks etadi. Biz kelishganimizdek o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga intilamiz", deydi Putin.
U ikki davlat hukumatlariaro komissiya faoliyatiga to‘xtalib, o‘zaro hamkorlikda hayotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan qo‘shma loyihalar tayyorlash haqida gapirgan.
O‘z navbatida, Almazbek Atambayev Qirg‘iziston-Rossiya munosabatlaridagi muhim mavzularning muhokama qilish imkoni yuzaga kelganidan xursandligini bildirgan.
"Davlatlarimiz orasida nafaqat savdo-iqtisodiy aloqalar mavjud. Biz birinchi navbatda strategik hamkorlarmiz", deydi Atambayev.
Ikki davlat rahbari uchrashuvi chog‘ida Qirg‘iziston-Rossiya hamkorligi doirasidagi qo‘shma loyihalarning hayotga tatbiq etilishi xususida gaplashilgan va turli sohalardagi hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risida fikrlar almashilgan.