Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosh vazir Dmitriy Medvedevning rafiqasi, Ijtimoiy-madaniy tashabbuslar jamg‘armasi rahbari Svetlana Medvedevani faxriy yorliq bilan mukofotladi. Bu haqda huquqiy ma'lumotlar portalida ma'lum qilingan.
Hujjatda aytilishicha, Medvedeva Svetlana Vladimirovna Svyatitel Nikolay Chudotvorets nomidagi Kronshtadt dengiz cherkovining tiklanishi bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishiga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya prezidentining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
Avvalroq Putin Dmitriy Medvedevni 1-darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ("Za zaslugi pered Otechestvom) ordeni bilan tabriklagandi.