Pol Skoulz: «Arsenal»da «Tottenhem»ni yengish uchun imkoniyat yo‘q»

Sport 19:36 / 03.03.2016 3089

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Pol Skoulz «Arsenal»ning chempionatda g‘olib bo‘lish imkoniyatini juda yomon baholadi.

«Tottenhem» «Arsenal»ni mag‘lub qilsa, bu jamoani amalda yakson qiladi. «Kanonirlar»larda «Uayt Hart Layn» stadionida kechadigan o‘yinda jamoaviy ruh yetishmasligi mumkin. Jamoa ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin juda tushkun ahvolda. Ular bu qiyin vaziyatda xarakter ko‘rsata olishlariga ko‘zim yetmaydi. Men ularda «Tottenhem»ni yengish uchun sirli qurol borligiga shubha qilaman.

Joriy mavsumda men «Arsenal» endi chempionga xos o‘yin ko‘rsatadi deb o‘ylab yanglishdim. Men jamoa Chex va O‘zil yetakchiligida g‘olibona qadam tashlaydi deb o‘ylagandim. Men ularning chempion bo‘lishiga ishonch bildirgandim.

Ammo hal qiluvchi pallalar kelganida, «Arsenal» o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ydi va muhim o‘yinlarda g‘alaba qozona olmadi. Menimcha, endi jamoa mavsum chempioni bo‘la olmaydi, Venger katta bosim ostida qolgan», – deya fikr bildiradi Skoulz.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» APLning 27 va 28-turlarida «Manchester Yunayted» hamda «Suonsi» jamoalaridan mag‘lub bo‘ldi. Ayni vaqtda jamoa 51 ochko bilan uchinchi o‘rinda, peshqadam «Lester»dan 6 ochko ortda bormoqda.

APLning 29 turi doirasidagi «Tottenhem» va «Arsenal» uchrashuvi 5 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: