BMT: Ukrainadagi mojarolar tufayli 2 yil ichida 9 ming nafardan ortiq kishi qurbon bo‘ldi

Jahon 17:16 / 03.03.2016 1790

Ukrainada keyingi ikki yil davomida ro‘y bergan to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lganlar soni 9 ming 187 nafar kishini tashkil qilmoqda. Yana 21 ming 85 nafar kishi turli darajada jarohatlar olishgan. Bu haqda BMT oliy komissariatining inson huquqlari bo‘yicha bo‘limi rahbari Janni Magadzeni ma'lum qildi.

Bu ma'lumotlar 2016 yilning 1 marti holatiga ko‘ra keltirilgan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aksar qismi harbiylar, qolgani tinch aholi vakillari ekani aytilgan.

Magadzening xabar berishicha, 2015 yilning 16 noyabridan 2016 yilning 15 fevraligacha Ukrainada ro‘y bergan mojarolar tufayli 78 kishi jabrlangan.

Ko‘proq yangiliklar: