AQShning transport departamenti samolyotlar bortida elektron sigaretlar chekishga taqiqlov kiritdi, deb xabar berilmoqda departament saytida.
Taqiqlov AQSh ichidagi reyslarni amalga oshiruvchi va AQShga parvoz qiladigan xorijiy kompaniyalarga amal qiladi. Yangi qodialar oddiy va elektron sigaretlarni bir-biriga tenglashtiradi.
Departamentda aytilishicha, bu taqiqlov yo‘lovchilarni elektron sigaretlar chiqaradigan aerozolning nomaqbul ta'siridan himoya qiladi. Ta'kidlanishicha, tadqiqotlar davomida aerozolda bir qator zararli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan.